Fransuz tili trener-o‘qituvchilari tarmog‘ini yaratish va fransiyalik trener Elodi Ressushning taqdirlanishi [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda fransuz tili trener o‘qituvchilarini tayyorlash uchun tashkil qilib kelinayotgan seminarlar turkumining to‘rtinchi yakuniy qismini o‘tkazdi.

2015-yil oktabr oyida boshlangan mazkur seminarlar turkumi Toshkent, Urganch, Buxoro, Qarshi shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Seminarlarni fransuz tilini xorijiy tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis Elodi Ressush olib bordi. Trener-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun lingvistik va didaktik materiallardan iborat hamda audio va video materiallar, turli matn va taqdimotlarni o‘z ichiga oluvchi USB-kalit ilova qilingan pedagogik qo‘llanma yaratildi va barcha o‘qituvchilarga taqdim etildi. Seminarlarda ishtirok etgan 55 nafar o‘qituvchi 2017-yil kuz oylaridan boshlab joylarda fransuz tili o‘qituvchilari uchun malakasini oshirish kurslarini olib borishlari ko‘zda tutilgan.
Seminarning yopilish marosimida Xalq ta’lim vazirligi Ta’lim standartlarini takomillashtirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Abdurahim Nosirov trener-o‘qituvchilarni tayyorlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun Elodi Ressushni Xalq ta’limi vazirligi nomidan «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Ushbu mukofot bilan taqdirlash marosimida Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Ibrohim Ismatov, Respublika ta’lim markazi xorijiy tillar bo‘limi boshlig‘i Xurshida Isakjanova, Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Izabel Kelbel, til hamkorligi attashesi Frederik Viyyom va barcha trener-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

publie le 04/10/2017

hautdepage