Fransuz tilidan diplomlar va imtihonlar

Fransiya Xalq ta’limi va Oliy ta’lim vazirliklari nomzodlarning fransuz tilidan chet tili sifatida bilim darajalarini (boshlang‘ichdan eng yuqori darajalargacha) tasdiqlash uchun bir qator sertifikatlarni (diplom va testlar) taqdim etadi. Mazkur imtihonlar yoshi va mavqeyidan qat’i nazar barcha xohlovchilar uchun mo‘ljallangan va 6 darajali Umumyevropa chet tilini egallash kompetensiyalari tizimiga moslashtirilgan. DELF, DALF diplomlari mustaqil hisoblanib, tillarni o‘rganishning to‘rtta ko‘nikmasi bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlaydi. Bu diplomlarning amal qilish muddati cheklanmagan.

DALF (Fransuz tili yuqori bilim darajasini aniqlash diplomi) C1 va C2 darajalarida bilimlarni tasdiqlaydi va xohlovchi talabalarga Fransiya universitetlariga fransuz tilidan imtihonlar topshirmasdan qabul qilinish imkonini beradi.

TCF (Fransuz tilidan bilim darajasini aniqlash testi) nomzodning fransuz tilidan bilimini tasdiqlovchi hujjat sifatida ko‘plab universitetlar tomonidan qabul qilinadi. Ushbu guvohnoma ikki yillik muddatga beriladi. Batafsil: www.ciep.fr/tcf

Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘limi (SCAC) DELF, DALF va TCF imtihonlarini o‘tkazish vakolatiga ega.

SCAC har yili Toshkent fransuz alyansi bilan hamkorlikda TCF bo‘yicha bitta imtihon hamda DELF et DALF bo‘yicha bitta imtihon o‘tkazadi. Mazkur imtihonlarga yozilish haqidagi e’lonlar internet saytimiz va Fransuz alyansning saytida qo‘yiladi.

Ushbu imtihonlar haqida batafsil ma’lutmot olish uchun CIEP (Pedagogik tadqiqotlar xalqaro markazi) internet saytiga murojaat qilishingiz mumkin:
www.ciep.fr/delfdalf
www.ciep.fr/tcf

publie le 25/02/2019

hautdepage