Fransuz tiligagi ilk milliy diktant [fr] [ru]

Frankofoniya bayrami doirasida, 12-mart seshanba kuni, soat 15.00 da, fransuz tiligagi ilk milliy diktant butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi. Tadbirda quyidagi 8 ta oliy ta’lim muassasasi: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buxoro, Qarshi, Andijon, Urganch va Farg‘ona Davlat universitetlari fransuz tili kafedralari ishtirok etadi.

Ushbu tadbirda ishtirok etishni xohlagan talabalar o‘z o‘quv muassasallarida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Bir paytning o‘zida barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalar elchixona tomonidan taqdim qilingan yagona matn asosida diktant yozishga kirishadilar.

Har bir muassasa eng yaxshi 3 ta ishni Fransiya elchixonasiga yuboradi. So‘ng elchixonada ular ichidan eng yaxshi uchta ish tanlab olinib, 27-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Frankofoniya bayramida g‘oliblarga mukofotlar topshiriladi.

JPEG

publie le 06/03/2019

hautdepage