Fransuz uslubidagi yangi savdo markazi [fr] [ru]

Fransiya elchisi 24-oktabr kuni Toshkentdagi yangi « Compass » savdo markazining ochilish marosimida ishtirok etdi. Marosim savdo markazining omma uchun ochilishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tdi.

Fransiyaning MBArchitects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan mazkur savdo markazi tomda joylashgan katta parking, kinoteatr, ovqatlanish joyi, bovling va mustaqil do‘konlarga ega. Fransiyaning Yves Rocher, Jennyfer, Okaïdi yoki Pimkie kabi ko‘plab kosmetika va moda brendlari savdo markazida o‘z do‘konlarini ochgan.

Fransiyalik Stefan Koprena tomonidan boshqariladigan Makro supermarketi arzondan qimmatga qarab boradigan, barchaning hamyoniga to‘g‘ri keladigan va qat’iy fransuz sanitariya me’yorlarida saqlanadigan sara mahsulotlarni taklif qiladi.

Mijozlar janob Klod Mennar tomonidan tayyorlangan ajoyib fransuz non va qandolat mahsulotlarini topishi mumkin. Mahsulotlar Fransiyaning nonvoylik-qandolat mahsulotlarini tayyorlovchi uskunalarni ishlab chiqaradigan « Bongard » kompaniyasi tomonidan jihozlangan sexda tayyorlanadi.

Nouveau centre commercial à Tachkent : à la française !

publie le 29/11/2018

hautdepage