G‘ijduvon tumanidagi 62-son ixtisoslashgan o‘rta maktabga tashrif [fr] [ru]

O‘tgan hafta Buxoro viloyatiga safari doirasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim G‘ijduvon tumanidagi fransuz tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan 62-son ixtisoslashgan o‘rta maktabni borib ko‘rdi.

Maktabda elchi xonim maktab ma’muriyati bilan muloqot qildi, fransuz tili darsliklari bilan tanishdi, o‘quvchilar tayyorlagan badiiy chiqishlarni tomosha qildi. De Vilmor xonim ushbu maktab o‘quvchilarining fransuz tilidan chuqur bilimga ega ekanliklari shohidi bo‘ldi.

publie le 14/05/2018

hautdepage