Giyohvand moddalarga qarshi kurash bo’yicha seminar [fr] [ru]

26–27-sentabr kunlari Fransiyaning Moskva shahridagi elchixonasi Ichki xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (IIV), Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi va Davlat bojxona qo’mitasi mutaxassislari o’rtasida “Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi” mavzusida seminar tashkil etdi.

Mazkur tadbir doirasida Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasida giyohvand moddalarga qarshi kurash bo’yicha mutaxassis tergovchisi Jan-Pier Yakob va Fransiyaning Moskva shahridagi elchixonasi ichki xavfsizlik bo’yicha attashe o’rinbosari seminar o’tkazdilar. Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i o’rinbosari, IIV giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari va 15 nafar mutaxassislar va maxsus tergovchilar ishtirokida, fransuz tomoni giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, bu sohadagi qonunlar va shu jarayon asosining o’ziga xos xususiyatlari, axborotni to’plash va qayta ishlash, tergovning tezkor usullari va uning maxsus vositalariga bag’ishlangan taqdimot o’tkazdi.

Seminar jarayoni interfaol uslubda kechdi va ikki tomon o’rtasida ko’plab savollar muhokama qilindi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashning zarurligini eslatib, seminarni yakunladi.

publie le 19/10/2018

hautdepage