2015-yil 19-mart kuni butun dunyo bo‘ylab Fransiya elchixonalari «Goût de France / Good France» bayramini nishonlashadi

«Goût de France / Good France» festivalida ishtirok etadigan restoranlardan tashqari, Fransiyaning dunyodagi barcha elchixonalari 19-mart kuni festival munosabati bilan o‘z qarorgohlarida ziyofatlar uyushtirishadi. Bir qator davlatlarda joylashgan konsullik va madaniyat markazlari ham ushbu misli ko‘rilmagan tadbirda ishtirok etishadi. Natijada bu bayram dunyoning 150 mamlakatida keng nishonlanadi.

PNG

2015-yil 19-mart kuni dunyoning 150 mamlakatidagi Fransiya elchixonalari va restoranlar fransuz gastronomiyasini ulug‘lab, o‘z mehmonlariga fransuz taomlaridan taklif etadilar. Har bir ishtirokchi restoranda ushbu tadbir lazzatli taomlardan o‘zaro baham ko‘rish, bundan zavq olish, tanovul qilish odobi kabi oshxona qadriyatlariga sodiq qolgan holda, jonli, ochiq va innovatsion oshxonani ulug‘lab o‘tkaziladi.

Alen Dukas va Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi – «Goût de / Good France» festivali tashabbuskorlari

Mazkur loyiha taqdimotida Loran Fabiusning ta’kidlashicha, «fransuz milliy taomlari, vinosi Fransiya madaniy merosidir… Fransuz milliy taomlari 2010-yil UNESCOning nomoddiy madaniyat merosi ro‘yxatiga kiritildi. Biz bu merosni nafaqat ulug‘lashimiz, undan nafaqat zavqlanishimiz lozim, balki bu merosni rivojlantirishimiz va uning ahamiyatini orttirishimiz kerak bo‘ladi».

Alen Dukas fikricha, «fransuz oshxonasi, bu atrof muhit bilan uyg‘unlikda, hamohanglikda yengillik sari yo‘naltirilgan bir oshxonaning ijrochisidir … Ularning umumiy jihatlari olijanoblik, o‘zgalar bilan baham ko‘rish, go‘zallikka va ezgulikka bo‘lgan muhabbat. Bu dunyo bo‘ylab fransuz milliy taomlari bayramini o‘tkazishga bir imkoniyatdir».

1912-yil Avgust Eskoffye tashabbusi bilan dunyoning bir qator shaharlarida bir paytning o‘zida mehmonlarga fransuz milliy taomlarini taqdim uchun «Epikur ziyofatlari» tashkil etilgan. Ushbu tadbirning butun dunyodagi restoranlarni birlashtirishday ajoyib g‘oyasi «Goût de France / Good France» festivaliga asos qilib olindi.

Bu kun bosh oshpazlar o‘z restoranlarida o‘z yurtlarining ovqatlanish madaniyatlari va an’analarini alohida namoyon qilgan holda, ishtaha ochuvchi ichimliklar, sovuq va issiq salatlar, baliq yoki dengiz mahsulotlari, go‘sht, fransuz pishloqlari, shokoladli shirinliklar, fransuz vinolaridan iborat haqiqiy fransuzcha taomnoma taqdim etishadi.

Bu – mahalliy ta’minotchilar yetkazib bergan mavsumning sarxil mahsulotlaridan, yog‘, shakar, tuz va protein kam ishlatilgan hammabop taomlar.

Taomlarga narx belgilash restoran ixtiyorida. Biroq, tushgan foydaning 5 foyizini sog‘liqni saqlash va tevarak-atrofni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritadigan mahalliy nodavlat tashkilotlari hisobiga o‘tkazish maslahat beriladi.

Gastronomik sayohat

Fransiya bugun butun dunyoni haqiqiy sayohatga taklif etadi: 1500 ta taomnoma orqali o‘z mahoratlarini namoyon qilish istagidagi, dunyoning 5 qit’asidan fransuz gastronomiyasi xususiyatlarini chuqur egallagan 1500 oshpazni birlashtiradi.

2015-yil 21-yanvaridanoq ishtirokchi restoranlar ro‘yxati www.goodfrance.com saytida qo‘yilgan.

JPEG

O’zbekistonda ishtirok etuvchi restoran

Shu kuni O’zbekistonda Cinara’s restorani (Caravan Group) bu tadbirga Fransiya elchixonasi tomonidan taklif qilingan ikki yulduzli bosh oshpaz Jerar Kanya boshchiligida tayyorlangan taomlarni o’z mehmonlariga taklif qiladi.

PDF - 5.9 Mo
Press-reliz. PDF - 5.9Mb
(PDF - 5.9 Mo)

publie le 23/03/2015

hautdepage