"Goût de France / Good France" festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Loran Fabius va bosh oshpaz Alen Dukas 28-yanvar kuni dunyoning besh qit’asida joylangan 1500 restoranni taqdim etishdi. Ushbu restoranlar 2016-yil 21-mart kuni ikkinchi marotaba o‘tkaziladigan «Goût de France / Good France» festivalida ishtirok etishadi.

JPEG - 80 ko
Surat: B. Chapiron / Fransiya TIV

«Birinchi festivalning muvaffaqiyatli o‘tganini inobatga olib, vazir mazkur festivalni doimiy ravishda o‘tkazishga qaror qildi: har yili 21-mart kuni fransuz gastronomiyasi va uning qadriyatlari shu tariqa dunyo bo‘ylab tarqatiladi. Bizning diplomatik vakolatxonalarimiz ham tadbirga faol jalb qilinadi: joriy yil Fransiyaning 150 nafar elchisi bu festivalga bag‘ishlangan kechki dasturxon yozishadi.

Xorijdan tashrif buyuradigan sayyohlarning uchdan bir qismi aynan Fransiyani tanlaganliklarining asosiy sababchisi fransuz gastronomiyasi va vinolari ekanligini ta’kidlab o‘tishadi. «Goût de France / Good France» festivali «fransuzcha» hayot tarzini va Fransiyaning mahalliy mahsulotlari dovrug‘ini shu tariqa oshiradi va bundanda ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi.»

Batafsil ma’lumot uchun: www.goodfrance.com

publie le 09/03/2016

hautdepage