«Goût de France / Good France» festivaliga yozilish boshlandi

Xuddi o‘tgan yildagi kabi, Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi uch yulduzli bosh oshpaz Alen Dukas bilan hamkorlikda fransuz gastronomiyasini hamda ovqatlanish an’analarini targ‘ib qilish maqsadida «Goût de France / Good France» (Fransiya ta’mi) festivalini yana bir bor tashkil etadi.

Butun dunyo bo‘ylab restoranlar 2016-yil 21-mart kuni o‘z mehmonlariga fransuz taomlaridan taklif etishlari mumkin. Bunda taomnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: turli ishtahaochar ichimliklar, salatlar, bir-ikki turdagi ovqat, pishloqlar, shirinlik, sharoblar va fransuz shampan vinosi. Taomlarni tayyorlashda sabzavotlardan ko‘proq foydalanish, yog‘, shakar va tuzni kam ishlatish, mahalliy masalliqlardan qo‘llanish maqsadga muvofiq.

Festivalda ishtirok etishni istagan restoranlar 2015-yil 17-dekabrgacha www.goodfrance.com saytida ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z ushbu bayram uchun taomnoma loyihasini taqdim etishlari lozim. Nomzodlar xalqaro juri tomonidan ko‘rib chiqiladi va tanlab olingan restoranlar ro‘yxati 2016-yil 18-yanvar kuni e’lon qilinadi.

JPEG

publie le 29/01/2016

hautdepage