«Goût de / Good France-2019»: ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish rasmiy ravishda ochiq deb e’lon qilinadi! [fr] [ru]

«Mijozlarga va sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish» shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu tadbirda ishtirok etishni istagan restoranlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
#GoutdeFrance #GoodFrance
Eng katta fransuz ziyofati butun dunyoda va O‘zbekistonda 2019-yil 21-martda o‘tkaziladi. Ushbu xalqaro tadbir ilk marotaba 2015-yil 19-mart kuni YUNESKO tomonidan fransuz gastronomiyasi insoniyatning nomoddiy merosi deb tan olganidan keyin nishonlandi.

JPEG

Festivalning maqsadi – butun dunyo bo‘ylab yoziladigan fransuz taomlari bazmi orqali fransuz taomlari, an’analari va qadriyatlarini nishonlashdir.

2018-yilgi festivalda dunyoning 5 qit’asidagi 152 mamlakatdan 3000 restoran ishtirok etdi.

«Goût de / Good France» festivalida qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish

Festivalda qatnashishni istagan restoranlar 2019-yil 15-fevralgacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
www.goodfrance.com.

Ro‘yxatdan o‘tgan restoranlar ro‘yxati 2019-yil 18-fevralda bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi.

Ijodkorlik, mahorat, mahalliy mahsulotlar: har bir restoran fransuz vinosi yoki shampan vinosi bilan birga 4 qismdan iborat (gazak, issiq ovqat, pishloq va shirinlik) taomnomasini o‘zi tanlaydi.

Festivalning 2019-yilgi mavzusi «mas’uliyatli» gastronomiya va oshpazlarni sayyoramizni asrab-avaylashga safarbar qilish tamoyili ostida barqaror rivojlanishga bag‘ishlanadi.

JPEG

publie le 21/12/2018

hautdepage