«Grand Tour» (Katta sayohat), Fransiya jozibadorligini oshirish uchun madaniy tadbirlar kundaligi

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Loran Fabius 2015-yil sentabr oyida Olivye Puavr d’Arvorga Fransiyaning madaniy jozibadorligini oshirish va targ‘ib etish vazifasini yukladi. Xuddi shu munosabat bilan 2016-yil yanvar-iyul oylarida Parijda va viloyatlarda bo‘lib o‘tadigan 40 dan ortiq bosqichdan iborat «Grand Tour» dasturi ishlab chiqildi.

PNG

«Grand Tour» taqdimoti

Fransiya sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyoda birinchilikni bermay kelmoqda! Buning sababi Fransiya hududining boyligi va xilma-xilligi, madaniy muassasa va tadbirlarning mo‘l-ko‘lligi (1 200 dan ortiq muzeylar, 1 500 festival, 14 100 dan ortiq me’moriy obidalar va UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan 41 yodgorlik), shuningdek, boshqa madaniyatlarga nisbatan bag‘rikengligi bilan izohlanadi. Jahon kitobxonasi sanalmish Fransiya xorij adabiyoti va mafkurasini o‘z tiliga tarjima etishda ilg‘or sanaladi. Turfa madaniyat va millatlar kinosi, san’at galereyalari, teatrlari va festivallari bilan nom chiqargan mamlakat chet ellik talabalarni qabul qilish bo‘yicha ham ayni paytda o‘z oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 300 mingdan oshiq xorijlik talabalar bilan xalqaro miqyosda uchinchi o‘rinda turadi.

Dunyo ahlini jalb etish uchun bunday madaniy boylikni namoyon etish, uning qadr-qimmatini ko‘rsatib berish hamda samaradorligini oshirish «Grand Tour»dan ko‘zlangan asosiy maqsaddir

Barcha madaniy muassasalar «Grand Tour»ni muvofiqlashtirish vakolatiga egadirlar: shu tarzda ushbu dasturni Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi shoxobchalari va operatorlari uchun Fransiyada va xorijda bu boradagi sa’y-harakatlarining ahamiyatini oshirish vositasiga aylantirish, dunyo ahli uchun ochiq ulkan festivallar tashkil etish, bu tadbirlar bo‘lib o‘tadigan fransuz shahar va qishloqlarini sayyohlik yo‘nalishlariga qo‘shish katta ahamiyat kasb etadi.

2016-yil 9-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan «France, made in Culture» forumida madaniy jozibadorlikni oshirish loyihasining barcha ishtirokchilari yig‘ilishadi. Ushbu forumda hududiy, iqtisodiy vaziyatni, sayyohlikni rivojlantirish yo‘lida madaniy jozibadorlikni bir tizimga solish borasida ilk tavsiyalar majmuyi taqdim etiladi.

43 bosqichli «Grand Tour»ning interaktiv xaritasi

JPEG“Ushbu «Grand Tour» butun mamlakat hududi bo‘ylab 40 dan ortiq bosqichlari bilan nafaqat Fransiyani yangitdan kashf etish istagidagi xorijlik sayyohlar uchun, balki favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy uchrashuvlarning xalqaro miqyosda qiymatini hamda ularning yanada rivoj topishini baholay olishlarida vatandoshlarimiz uchun ham qulay vositadir.”

Olivye Puavr d’Arvor, Fransiyaning madaniy jozibadorligini oshirish va targ‘ib etish vazifasini bajaruvchi elchi

«Grand Tour» dasturining fikrlar kechasidan to kitobxonlik, komikslar, bog‘dorchilik san’ati, raqs, teatr, kino, musiqa, tasviriy san’at festivallarigacha bo‘lgan 46 bosqichi interaktiv xaritasini tomosha qiling.

Madaniy jozibadorlik dasturi

JPEG«Grand Tour» dasturi Fransiya elchixonalari faoliyat yuritadigan ko‘plab mamlakatlar tillariga tarjima qilinadi. Bu mamlakatlarda elchixonalar va ularning madaniy hamkorlik bo‘limlari mahalliy aholini Fransiyaga sayohat qilishga rag‘batlantirishadi. Shu tariqa dunyoning to‘rt burchidan bir necha o‘n millionlab insonlar mazkur taqvim va xaritadan xabardor bo‘lishadi.

Madaniy jozibadorlik dasturi (PDF, 747,5 Kb)
Taqdimot marosimidan videolavha

publie le 29/01/2016

hautdepage