II «Goût de / Good France» festivali O‘zbekistonda (21-mart)

Xabaringiz bor «Goût de / Good France» (Fransiya ta’mi) festivali O‘zbekistonda o‘tgan yili katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan edi. Bu yil ham Fransiya elchixonasi taklifiga ko‘ra ikki yilduzli bosh oshpaz Jerar Kanya va uning yordamchisi Eloiz Monziyeslar «Caravan» restoranlar guruhi bilan birgalikda fransuz shohona taomlari ziyofatini o‘tkazish uchun yana O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Toshkent viloyatidagi xushmanzara Xo‘jakent qishlog‘ida joylashgan mehmondo‘st Cinara’s restoranida bo‘lib o‘tgan ushbu ziyofatda 260 nafar mehmon ishtirok etishdi. Ziyofatda turli o‘yinlar tashkil etildi, mashhur o‘zbek xonandalari Sabina Mustayeva va Liliya Fatkullinalar fransuz ashulalaridan ijro etib mehmonlar ko‘nglini xush etishdi.

Kechani ochib bergan Fransiya elchisi «Caravan» restoranlar guruhiga «Goût de / Good France» festivali guvohnomasini topshirdi. Fransuz gastronomiyasini ulug‘lash uchun ikkinchi bor tashkil etilgan ushbu festivalda bu yil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan dunyoning 5 qit’asidan saralab olingan 1700 restoran ishtirok etdi.

Fotosuratlar: © Maksad Djanguirov

publie le 12/04/2016

hautdepage