III Yozgi maktab, Jizzax, 2018-yil 26-29-iyun [fr] [ru]

Joriy yilning 26-29-iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan kabi viloyatlardan kelgan 90 nafar fransuz tili o‘qituvchilari va talabalar uchinchi bor tashkil etilgan Yozgi maktab malaka oshirish seminarida ishtirok etishdi. Mazkur seminar Fransiya elchixonasi tomonidan Jizzax pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, Jizzaxdagi «INVI Study» til markazi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ishtirokchilar kasbiy fransuz yili metodologiyasi, loyihalar metodologiyasi, axborot-resurs markazini boshqarish, yuridik sohada fransuz tili, munozara yuritish va o‘z fikrini asoslab berish, og‘zaki va yozma nutq amaliyoti kabi mavzulardagi modullarda malaka oshirishdi. Darslar Fransiyadan taklif etilgan 5 nafar mutaxassis va bir nafar o‘zbekistonlik mutaxassis tomonidan olib borildi.

Seminar doirasida «Fransiya va innovatsiyalar» mavzusida anjuman tashkil etildi. Anjumanda «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» zavodi menejeri Sharif Rahmatov, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov, Erasmus+ Toshkent byurosi eksperti Qudratxon Bahodirov, «Green Business Innovation» tashkiloti direktori Saida Yusupova, «INVI Study» til markazi direktori Tamara Kavilova, gid Gulnoz Yormatova, Fransiya elchixonasidan Lobarxon Ibragimovalar nutq o‘qishdi. Shu munosabat bilan Uzreport telekanali jurnalistlari tayyorlashgan Fransiyada innovatsiyalar to‘g‘risidagi reportaj namoyish etildi.

Anjumandan so‘ng Fransiya elchisi, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, Pedagogika va Politexnika institutlari rektorlari ishtirokida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

publie le 18/07/2018

hautdepage