INSHEA va Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorlik shartnomasini imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdalar [fr] [ru]

2018-yilning dekabr oyida Fransiyaning nogironlik masalalari va inklyuziv ta‘lim sohasida kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot instituti INSHEA direktori Joze Puig O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifi chog‘ida Joze Puig Jizzax pedagogika instituti rektori Abdug‘ani Xolbekov bilan ham uchrashdi.

U o‘zbek hamkorlariga ikki davlat o‘rtasida talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik bitimini imzolashga tayyor ekanini bildirdi. Shu bilan birga, kelgusi o‘quv yili uchun Erasmus grantiga ariza joriy yilning fevral oyida topshiriladi. Yaqin orada O‘zbekiston delegatsiyasining INSHEA institutiga tashrifi va bahor oylarida INSHEA delegatsiyasining Jizzaxga kelishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o’tamiz, INSHEA faoliyati Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi vakolati ostida amalga oshirilib, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy va kasbiy integratsiyaga qaratilgan. Institut asosiy uch yo‘nalishda ish olib boradi, bular : kadrlar tayyorlash, texnik, pedagogik va ilmiy adabiyotlar, manbalar yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish. Joze Puig O‘zbekistonning nogironlar muammosini hal etish bo‘yicha mintaqaviy markaz sifatida o‘zini namoyon qilish tashabbusini qo‘lladi. Shuningdek, Samarqand va Toshkentdagi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ham uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

JPEG

publie le 25/02/2019

hautdepage