Igor Savitskiyning 100 yillik yubileyi va Marinika Babanazarovaga hurmat-ehtirom

Fransiya elchixonasi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi asoschisi, 4-sentabr kuni Nukus shahrida 100 yillik yubileyi nishonlanayotgan Igor Savitskiyning porloq xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatadi.

Bag‘oyat boy san’at asarlari jamlanmasiga egaligi tufayli ba’zi san’at ixlosmandlari tomonidan «Sahrodagi Luvr» nisbati berilgan mazkur muzey bugun dunyodagi eng ajib muzeylardan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda 31 yil davomida ushbu muzeyga rahbarlik qilgan Marinika Babanazarovaning beqiyos mehnatlarini olqishlash joyiz. Marinika Babanazarova qo‘l ostidagi xodimlar ko’magi bilan Nukus muzeyida saqlanayotgan bebaho osori attiqalarni asrab-avaylash, ularni O’zbekistonda va xorijiy ellarda tanitish kabi mas’uliyatli ishning uddasidan chiqa oldi.

JPEG - 103.1 ko
Marinika Babanazarova

Shu o‘rinda 1998-yil Fransiyada Kaen shahri muzeyida Nukus muzeyida saqlanayotgan tasviriy san’at asarlari ko’rgazmasi bo’lib o’tganligini ta’kidlab o‘tmoqchi edik. Shuningdek, Savitskiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan va Marinika Babanazarova qalamiga mansub risola Fransiya elchixonasi ko’magi bilan fransuz tilida nashr etilgan. Kasbiy mahorati va Fransiya bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi tufayli minnatdorchilik tariqasida Marinika Babanazarova 2013-yil iyul oyida Fransiya Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan «San’at va Adabiyot» ordeni kavaleri unvoni bilan taqdirlandi.

publie le 05/09/2016

hautdepage