Inklyuziv ta’lim sohasida hamkorlik [fr] [ru]

Fransiyaning nogironlik va inklyuziv ta‘lim sohasida kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot instituti INSHEA vakillari delegatsiyasi Jizzax pedagogika instituti tomonidan inklyuziv ta’lim mavzusida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi. Ushbu seminar davomida fransiyalik ekspertlar inklyuziv ta’lim mohiyatini, imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, ota-onalar va ushbu soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik, Fransiyada nogironlar vakolatlari kabi masalalarni yoritib berishdi.

Inklyuziv ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor masalardan biridir. Fransiya bu sohada katta tajribaga ega. Shu tufayli Fransiya elchixonasi ushbu hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ta’lim hamkorligi bo‘yicha attashe Sofi Jindt seminar ochilishida ishtirok etdi va delegatsiya bilan birgalikda Bo‘ston tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan ikkita maxsus maktabni borib ko‘rdi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida joriy yilning fevral oyida hamkorlik bitimi imzolangan edi. Bitimda ikki davlat o‘rtasida talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar stajirovkalari, ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish hamda ilmiy maqolalar nashri ko‘zda tutilgan. 2020-yili ushbu hamkorlik doirasida Erasmus+ dasturiga loyiha topshirish ko‘zda tutilgan. 2018-yildan buyon fransuz ekspertlari uch bor O‘zbekistonga tashrif buyurishdi, Jizzax pedagogika instituti delegatsiyasi shu yilning bahor oylarida INSHEAga borishdi.

publie le 20/12/2019

hautdepage