Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori bilan uchrashuv [fr] [ru]

Fransiya elchisi Violen de Vilmor 23-noyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan uchrashib, inson huquqlari, shuningdek, boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning bugungi ahvoli to‘g‘risida suhbatlashdi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi ilk elchisi bo‘lgan A. Saidov mamlakatlarimiz o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda va bu borada xilma-xil loyihalar taklif etdi. Uchrashuv mobaynida fransuz madaniyatini O’zbekistonda, shuningdek, o‘zbek madaniyatini Fransiyada targ‘ib qilish, ikki mamlakat tarixiy merosiga urg‘u berish, malaka oshirish stajirovkalari, universitetlararo, parlamentlararo hamkorlik, o‘zaro mutaxassislar almashinuvini yanada rivojlantirish haqida to‘xtalib o‘tildi. Elchi xonim Toshkent fransuz alyansi faoliyatini jonlantirish istagini bildirdi. Milliy markaz direktori bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

JPEG

publie le 12/04/2017

hautdepage