Inson huquqlari himoyasiga qo‘shgan hissasi uchun Fransiya Respublikasi mukofoti

1988-yilda ta’sis etilgan Fransiya Respublikasining Inson huquqlari himoyasiga qo‘shgan hissasi uchun mukofoti Inson huquqlari milliy maslahat komissiyasi – inson huquqlarini targ‘ib va himoya qilish milliy instituti tomonidan tashkil qilinmoqda.

Mazkur mukofot bilan fuqaroligidan yoki biror davlatga mansubligidan qat’i nazar, oldindan belgilangan ikki mavzudan biri yuzasidan Fransiyada yoki xorijda amalga oshirilgan loyihalar uchun alohida shaxslar yoki tashkilotlar taqdirlanadilar.

2015-yil uchun tanlangan mavzular quyidagicha:

• 1-mavzu : Inson huquqlariga internet tahdidi
• 2-mavzu : Atrof-muhit va inson huquqlari

Birinchi besh g‘olib nomzodga Bosh vazir tomonidan ajratilgan 70 000 yevro miqdoridagi mukofot taqsimlab beriladi.

Keyingi besh nomzod faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Nomzodlar hujjatlari 2015-yil 24-sentabrgacha qabul qilinadi.

E’lon bilan tanishish uchun shu yerga bosing (PDF - 67.1 ko)

publie le 11/08/2015

hautdepage