Iqlim – Milliy hissalardan kutilayotgan natijalarni o‘rganish bo‘yicha hisobot – Loran Fabius bayonoti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tomonlar konferensiyasi kotibiyati bugun joriy yilning 1-oktabriga qadar Parij anjumani uchun ishtirokchi davlatlar tomonidan taqdim etilgan iqlim o‘zgarishlari oqibatlari oldini olishga qo‘shadigan milliy hissalarni umumlashtiruvchi hisobotni taqdim etdi. Anjuman boshlangunga qadar qolgan barcha davlatlarni ham o‘z milliy hissalarini taqdim etishga chaqiraman.

Hisobotdan ko‘rinib turibdiki, milliy hissalar kutilayotgan natijalarning yaxshi tomonga o‘zgarishini ta’minlay oladi, ya’ni yer haroratining yiliga 4°C-5°C va undan ham ortiq darajada ko‘tarilib ketishining oldini oladi. Ushbu ko‘rsatkichni asr oxirigacha 1,5-2°C miqdorda ushlab turish imkoniyati mavjud ekanligini ham mazkur hisobot ko‘rsatib berdi. Bunday natijaga erishish uchun, albatta, o‘z vaqtida qo‘shimcha kuch-g‘ayrat talab etiladi.

Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra bugungi kunda yer harorati yiliga 2,7-3°C atrofida oshib bormoqda va bu asr nihoyasigacha shunday davom etadi. Bunday vaziyat Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan COP 21 anjumanida milliy hissalarni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish va oshirib borishni ko‘zda tutuvchi umumiy bitimga kelib olishning katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Ushbu xatti-harakatlar nafaqat parnik effektini beruvchi gazlar chiqishini kamaytirishga, balki, iqtisodiyotning turli sohalariga ulkan o‘zgarishlar kiritishga qaratilgan (qayta tiklanuvchi energiya zahiralarini rivojlantirish, energetika samaradorligini oshirish, …). Ushbu jarayon bir qator mamlakatlarda iqlim muammolarini yechish oldidagi to‘siqlarni, xususan, bu muzokaralarga fuqarolik jamiyatini jalb qilgan holda olib tashlashga imkon yaratadi.

COP 21 arafasida 8-10-noyabr kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan tayyorgarlik yig‘ilishida 80 nafarga yaqin vazirlarni kutmoqdamiz. Yig‘ilishda bitimning asosiy moddalari muhokama etiladi va uzoq muddatli yuksak maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam oldinga tashlanadi.

Ishtirokchi davlatlarning iqlim o‘zgarishlari oqibatlari oldini olishga qo‘shadigan o‘z milliy hissalarini taqdim etish amaliyoti iqlim bo‘yicha muzokaralar tarixida ilk bor kuzatilyapti. Bu hol Parij anjumani muvaffaqiyatli o‘tishi uchun tamal toshi bo‘ladi.

Dunyo davlatlari tomonidan COP 21 anjumaniga taqdim etilgan milliy hissalar xaritasi

JPEG

publie le 06/01/2016

hautdepage