Iqlim diplomatiyasi kuni nishonlandi

Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya elchixonalari hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi birgalikda 17-iyun kuni Iqlim diplomatiyasi kunini nishonlash tashabbusi bilan chiqishdi. Ushbu tashabbus ayniqsa COP 21 anjumani arafasida alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 17-iyul kuni Germaniya elchixonasida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda o‘zbekistonlik rasmiy shaxslar, diplomatik korpus vakillari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. Marosim mobaynida nemis kinochilari tomonidan suratga olingan suv muammolariga bag‘ishlangan hujjatli film («Uber Wasser») namoyish etildi. Hujjatli filmda Orol dengizi haqida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, elchilar «Suv – bu hayot» mavzusida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblariga turli sovg‘alar taqdim etishdi. Mazkur tanlovlar o‘zbekistonlik yoshlarni tevarak-atrofni muhofaza qilish masalalariga jalb etish niyatida yuqorida tilga olingan diplomatik missiyalar tomonidan tashkil etilgan.

publie le 22/06/2015

hautdepage