Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash : Loran Fabius yer yuzi iqlimiga bag‘ishlangan 20-xalqaro anjumanda qatnashadi

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Loran Fabius BMT Iqlim o‘zgarishi chegaradosh konvensiyasiga a’zo davlatlar anjumanida (Tomonlar Konferensiyasi-20) ishtirok etish uchun 9-dekabr kuni Lima shahriga tashrif buyurdi.

Janob Loran Fabiusning ta’kidlashicha, Fransiyaning bu ishdagi xatti-harakatini quyidagi uch shior to‘laqonli ochib beradi : sur’at, ishtiyoq, ishonch.

Avvalambor, sur’at. Zero ilmiy kuzatuvlar va tahlillarning ko‘rsatishi bo‘yicha, « parnik effektini » hosil qiluvchi gazlar ta’sirida yer yuzi iqlimi tobora buzilib bormoqda. Dengiz sathi ko‘tarilmoqda, havo temperaturasi isib bormoqda va tabiiy ofatlar muntazamligi tobora oshib bormoqda.

Keyin, ishtiyoq. Lima anjumanidan kutilayotgan asosiy maqsad, bu – muammo yuzasidan umumiy kelishuvga kelib olish va uni yechishda har bir mamlakat 2015-yilning 1-choragida taqdim etishi lozim bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari oldini olish yo‘lidagi o‘z majburiyatlari dasturi uchun umumiy usulni ishlab chiqishdir.

Va nihoyat – ishonch. Chunki Yevropa mamlakatlari, AQSh va Xitoy hozirdanoq safarbarlikni boshlab yubordilar. Lima anjumani 2015-yil dekabrda Parij anjumanida (COP21) global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash yo‘lida xalqaro bitim imzolanishi yo‘lida hal qiluvchi bosqichdir. Loran Fabius boshchiligidagi Fransiya delegatsiyasi Lima shahrida 12-dekabr kuni Parij anjumanining tayyorgarlik jarayoni boshlanganligini rasmiy e’lon qilishadi. Fransiyada tashkil etiladigan eng katta diplomatik anjuman bo‘lib qoladigan « Parij Iqlim 2015 » xalqaro anjumani muvaffaqiyat bilan o‘tkazilishiga umid katta.

Batafsil ma’lumotlar uchun (fransuz tilida):

-  Lima / COP20
-  Paris Climat 2015 (COP21)
-  Actualités 2014 liées au dérèglement climatique

publie le 23/12/2014

hautdepage