Fransiyalik iqtisodchilar O‘zbekistonda (2015-yil 19-20-noyabr)

Fransiya Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qarashli G‘aznachilik bosh boshqarmasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sandrin Goden boshchiligidagi delegatsiya 2015-yil 19-20-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Fransua Delaus, Rossiyadagi Fransiya elchixonasining Savdo va sarmoyalar bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Elizabet Puissan, hududiy iqtisodiy maslahatchi Ronan Venets hamda G‘aznachilik bosh boshqarmasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha mutasaddisi Vinsent Pringolardan iborat edi.

Delegatsiya tashrifidan maqsad 2016-yil bahor oylarida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan iqtisodiy va savdo hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish edi. Delagatsiya mamlakatdagi moliya va iqtisodiyot sohasidagi bir qator idoralar mutasaddilari bilan uchrashdi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida delegatsiya a’zolarini vazir o‘rinbosari Shavkat To‘laganov qabul qildi. Muloqot chog‘ida tomonlar qishloq xo‘jaligi, energetika, aeronavtika, transport, dori-darmon ishlab chiqarish sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni, savdo-sotiqni rivojlantirish istiqbollari borasida to‘xtalishdi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida direktor Ravshan G‘ulomov bilan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankida rais Saidahmad Rahimov bilan, Savdo va sanoat palatasida rais Alisher Shayxov bilan hamda Moliya, Iqtisodiyot, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarida mutasaddi shaxslar bilan uchrashishdi. Bundan tashqari fransuz iqtisodchilari delagatsiyasi xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Yuri Sterk hamda O‘zbekistondagi bir qator fransuz korxonalari vakillari bilan ham muloqotda bo‘lishdi.

A la Chambre de commerce et d'industrie d'Ouzbékistan
Mme Gaudin avec M. Ch. Fayzullaev, vice-ministre de l'Economie
Mme Sandrine Gaudin avec le vice-ministre des Relations économiques extérieures, M. Shavkat Tulyaganov
Mme Gaudin avec M. Saidakhmat Rakhimov, président de la Banque nationale d'Ouzbékistan

publie le 15/12/2015

hautdepage