Ishbilarmonlar doirasi yig‘ilishi hamda fransuz tili o‘qituvchilari uchun respublika miqyosidagi malaka oshirish seminari ochilishi munosabati bilan elchi qabuli

13-aprel kuni Fransiya elchisi qarorgohida fransuz ishbilarmonlari vakillari hamda butun respublikadan malaka oshirish seminarida ishtirok etish uchun kelgan 70 ta fransuz tili o‘qituvchisi sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tmoqda (13-16-aprel). Elchi janoblari fransuz tili ta’limini qo‘llab-quvvatlashayotganligi va shu tarzda ikki davlat o‘rtasida madaniy va iqtisodiy aloqalarning rivoj topishiga qulay vaziyat yaratayotganligi bilan O‘zbekiston mutasaddilarini va fransuz tili o‘qituvchilarini olqishladi.

Elchi janoblari O‘zbekistonda joylashgan Fransiya korxonalari vakillariga murojaat qilib, kelgusida ko‘zda tutilayotgan iqtisodiy tashriflar, xususan, iyun oyida MEDEF International tashkiloti delegatsiyasi tashrifi hamda 2015-yil kuz oylarida Toshkenda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan qo‘shma iqtisodiy kommissiya to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Fransiya elchisi, shuningdek, Toshkent fransuz alyansining yaqin kunlar ichida ishga tushishini ham eslatib o‘tdi.

publie le 15/04/2015

hautdepage