Izabel Servoz-Galluchchi xonim Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga ishonch yorliqlarini topshirdi [fr] [ru]

2019-yil 20-sentabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Izabel Servoz-Galluchchi xonim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosim chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti 2018-yilning oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning yangi sahifasini ochganini ta’kidladi.

Geologik qidiruv, quyosh energiyasi, kommunal xo‘jalik, turizm sohalarda ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti kelgusida madaniyat va san’at, fan va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish manfaatli ekanligini bildirdi.

Manba: president.uz

publie le 17/10/2019

hautdepage