« J’ai mangé du Jacques » musiqiy spektakli Toshkentda [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniy hamkorlik loyihalari doirasida fransuz san‘atkorlari Juli Otisye va Rafael Kallandro hamda chiroq va ovoz bo‘yicha mutaxxasis Tibo Marshesso 2019-yil 14 – 18-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular « J’ai mangé du Jacques » musiqiy spektaklini keng jamoatchilikka taqdim etdi va san‘at sohasidagi o‘zbek mutaxxasislar bilan uchrashdi.

Birinchi musiqiy tomosha 16-oktabr kuni Ilhom teatrida, ikkinchisi esa ertasi kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tdi va keng ommaga manzur bo‘ldi. 17-oktabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Izabel Servoz-Galluchchi 1700 dan ziyod tomoshabin oldida nutq so‘zladi hamda "O‘zbekkino" Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqovga kino saroyining katta zali uchun, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovga loyihani tashkillashtirishni qo‘llab-quvvatlagani uchun va spektaklni eng yaxshi sharoitda o‘tkazishga hissa qo‘shgan boshqa hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi.

San‘atkorlar Toshkent fransuz Alyansida fransuz tilini o‘rganyotganlar uchun uchrashuv, shuningdek, Ilhom teatr maktabi talabalari va Davlat san‘at va madaniyat instituti talabalari uchun “Qo‘shiq va ijro” mavzusida ikkita mahorat darsi o‘tkazdi. Chiroq va ovoz bo‘yicha mutaxxasis Tibo Marshesso ushbu muassasalarning texnik xodimlariga va ularning talabalariga qimmatli maslahatlar berish imkoniga ega bo‘ldi.

publie le 30/10/2019

hautdepage