Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida uchrashuv

Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari 16-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yangi tayinlangan rektori Abdumalik Jumanov janoblari bilan uchrashish uchun mazkur universitetga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar universitetlararo hamkorlik va fransuz tili ta’limi masalalariga to‘xtalishdi. Shuningdek, Fransiya Oliy harbiy maktabi qoshidagi Strategik tadqiqotlar instituti hamda Parij-I Sorbonna universiteti ilmiy xodimi Selin Maranje xonimning 9-10-aprel kunlariga mo‘ljallangan tashrifi to‘g‘risida ham so‘z yuritildi. Maranje xonimning universitet o‘qituvchi va talabalariga ma’ruza qilishi ko‘zda tutilgan.

Rektor janoblari fransuz tili ta’limiga alohida e’tibor qaratishini ta’kidlab o‘tdi. Toshkent shahrida Fransiya elchixonasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda 13-20-aprel kunlari tashkil etayotgan til va ta’lim yo‘nalishidagi malaka oshirish seminariga JIDU fransuz tili o‘qituvchilari ham taklif etilishiga kelishib olindi.

JPEG

publie le 25/03/2015

hautdepage