Jizzax va Buxoroga tashrif [fr] [ru]

Ta’lim hamkorligi bo‘yicha attashe Sofi Jindt xonim 25-aprel kuni Jizzaxga safari chog‘ida Jizzax pedagogika instituti rektori Abdug‘ani Xolbekov hamda Jizzax shahar avtotransport kasb-hunar kolleji direktori Olim Kazakovlar bilan uchrashdi. Jizzaxlik hamkorlar Fransiya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilishiga katta qiziqish bildirishdi.

28-aprel kuni attashe, shuningdek, Buxoro shahar 39-son ixtisoslashtirilgan davlat umuta’lim maktabiga ham tashrif buyurdi va joriy o‘quv yilida fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rgana boshlagan 3-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi. Mazkur maktab kelgusi o‘quv yilida bunday sinflar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

publie le 01/05/2018

hautdepage