Jizzax va Normandiya o‘rtasidagi hamkorlik [fr] [ru]

Fransiyaning Orn departamentidan saylangan senator va Senatning Fransiya – Markaziy Osiyo guruhi raisi Natali Gule xonim hamda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tashabbusi blan Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Axmedxo‘jayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Orn departamentining Fler shahriga tashrif buyurdi.

Fler shahridagi Normandiya savdo-sanoat palatasida 18-yanvar kuni parlament a’zolari, deputatlar, biznes doirasi vakillari va Normandiya OAVlari ishtirokida biznes forum tashkil qilindi. Abbaye qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi, Gilot pishloq ishlab chiqaruvchisi, Kiplay tekstil mahsulotlari yaratuvchisi, Tertu yo‘l qurilmalari ishlab chiqaruvchisi forumda ishtirok etgan kompaniyalar qatorida bo‘ldi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Toshkentda mart oyining oxiriga rejalashtirilgan birinchi Fransuz iqtisodiyoti haftaligiga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi. Fransuz iqtisodiyoti haftaligi idoralararo, sanoat va sayyohlik bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Natali Gule xonimning ta’kidlashicha, Orn departamentining 20 ga yaqin kompaniyasi o‘z imkoniyatlarini namoyish etish uchun mazkur haftalikka tashrif buyuradi. Normandiya viloyati va Jizzax viloyati o‘rtasida birinchi o‘zaro hamkorlik o‘rnatildi.

Forum atrofida Normandiyaning qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sayyohlik, yengil sanoat, qurilish va boshqa sohalarga ixtisoslashgan kompaniyalari bilan B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etildi.

JPEG - 38.1 ko
Mme Nathalie Goulet, Sénatrice de l’Orne et Présidente du groupe France-Asie centrale au Sénat, et M. Sardor Rustambaev, Ambassadeur d’Ouzbékistan en France
© Ouest-France

Batafsil:

Fransuz tilida: www.ouest-france.fr/normandie/flers-61100/normandie-l-economie-ornaise-s-exporte-en-ouzbekistan-6179905

Rus tilida: http://jahonnews.uz/ru/ekonomika/147/51188/

publie le 26/03/2019

hautdepage