Jurnalistlar uchun malaka oshirish seminarlari (27-noyabr – 2-dekabr) [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi («O‘zbekiston 24») bilan hamkorlikda 27-noyabr – 2-dekabr kunlari jurnalistlar uchun ikkita malaka oshirish seminari tashkil etdi.

«France 24» akademiyasi katta jurnalisti Duglas Herbert olib borayotgan mazkur seminarni Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim ochib berdi. 2005-yilda ta’sis etilgan «France 24» kanali «France Media Monde» guruhi tarkibiga kiradi. Ushbu guruh tarkibida, shuningdek, radiokanal, internet sayti va jurnalistlar akademiyasi ham mavjud. Fransuz, ingliz, arab va ispan tillarida efirga chiqadigan «France 24» kanali butun dunyo bo‘ylab 315 milliondan ortiq xonadonga kirib borgan.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasida «Ma’lumotlarni tekshirish» mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarda o‘ttiz nafarga yaqin yosh o‘zbek jurnalistlari ishtirok etishdi. Mazkur seminarda izlanayotgan yoki tarqatilayotgan ma’lumotlarning, xususan, ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish borasida jurnalistlarning layoqatini oshirish ko‘zda tutildi. Seminar davomida ishtirokchilar foto, arxiv, blog va video materiallarning haqqoniyligini tekshirish uchun zarur ko‘nikmalarni aniq misollar yordamida orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur seminar jurnalistika sohasida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi uchun 2015-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan to‘rtinchi malaka oshirish seminari bo‘ldi.

Ikkinchi malaka oshirish seminari «O‘zbekiston 24» telekanalining o‘nga yaqin journalist va suxandonlari uchun mo‘ljallanib, efirda o‘zini tutish, kamera oldida harakatlangan holda gapirish ko‘nikmalarini (nigoh, o‘zini tutish, xatti-harakatlar, kiyinish, tabassum, ovoz va sh.k.) rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Mazkur seminar «France 24» va «O‘zbekiston 24» telekanallarining kelgusidagi hamkorligi debochasi bo‘lib qolishi mumkin.

publie le 15/02/2018

hautdepage