Kampus Fransning O‘zbekistondagi vakili Tomas Nadjar Xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun Fransiyada magistrlik darajasida o‘qishni davom ettirish va Fransiya hukumati grantiga ega bo‘lish imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Fursatdan foydalanib, Fransiya hukumati grantini olish uchun arizalar qabuli 2020-yilning 17-fevral kuni yakunlanishi eslatib o‘tildi.