«Kelajakdagi shaharlar: shaharsozlik, demografiya va barqaror taraqqiyot» mavzusidagi ma’ruzalar turkumi va ilmiy anjuman (9-13-noyabr)

Fransiya-O‘zbekiston universitetlararo aloqalari doirasida va joriy yilning dekabr oyida BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasi arafasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent va Samarqand arxitektura qurilish institutlari bilan hamkorlikda «Kelajakdagi shaharlar: shaharsozlik, demografiya va barqaror taraqqiyot» mavzusidagi ma’ruzalar turkumi va ilmiy anjumanni tashkil qilmoqda.

9-13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ilmiy anjuman maqsadi fransiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarga tevarak-atrofni muhofaza qilgan va energiya zahiralaridan tejamkorlik bilan foydalangan holda shaharsozlik muammolarini yechish borasida o‘zaro fikr almashishlari uchun imkon yaratishdir. Fransiyaning Lill 1 universitetidan tashrif buyurgan to‘rt nafar mutaxassis ushbu tadbirda ishtirok etishadi.

Anjuman dasturi bilan tanishish uchun havola: www.calameo.com/read/00262482854ae825f4ce8

publie le 04/11/2015

hautdepage