«Kelajakdagi shaharlar: shaharsozlik, demografiya va barqaror taraqqiyot» mavzusidagi ma’ruzalar turkumi va ilmiy anjuman ochilish marosimi

Fransiya elchisi Jak-Anri Els va Toshkent arxitektura qurilish instituti rektori Yoqubjon Husanboyev 9-noyabr kuni «Kelajakdagi shaharlar: shaharsozlik, demografiya va barqaror taraqqiyot» mavzusidagi ilmiy anjumanini ochib berishdi. Noyabr oyi oxirida Parij shahrida ochiladigan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan COP 21 anjumani arafasida mazkur tadbir o‘z dolzarbligi bilan katta ahamiyatga ega.

Ushbu tadbirda Fransiyaning Lill 1 universitetidan tashrif buyurgan to‘rt nafar mutaxassis (Fransua-Oliviye Seys, Didiye Paris, Tomas Perrin, Paulin Bosredon) hamda o‘zbekistonlik bir qator mutaxassislar ma’ruzalar qilishadi. Fransiyalik mehmonlar 12-13-noyabr kunlari Samarqandga tashrif buyurishadi va Samarqand arxitektura qurilish institutida ma’ruzalar qilishadi.

publie le 16/11/2015

hautdepage