Kichik maktab yoshidagi bolalarga fransuz tilini o‘qitish : Elen Vantyening Toshkentga safari, 2016-yil 4-7-aprel

Kichik yoshdagi bolalarga fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha Bezanson amaliy tilshunoslik markazi mutaxassisi Elen Vantye Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 5-6-aprel kunlari Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan kichik maktab yoshidagi bolalarga fransuz tilini o‘qitishda ta’lim vositalarini yaratish mavzusidagi amaliy seminarni olib bordi.

Seminarda «Hirondelle 4» darsligi ekspertizasida ishtirok etib kelayotgan 15 ga yaqin o‘qituvchilar, metodistlar hamda darslik mualliflari qatnashishdi. Ishtirokchilar shu ikki kun mobaynida fransuz tili o‘qitishda pedagogik vositalar yaratish masalalari yuzasidan qizg‘in munozaralar o‘tkazishdi.

E. Vantye, shuningdek, 4- va 7-aprel kunlari «Hirondelle 1-4» darsliklari mualliflari Said Rahmonov va Shodyor Nishonboyevlar bilan birga ishlab, darslik yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va amaliy maslahatlarini bildirdi.

publie le 12/04/2016

hautdepage