Ko‘p tomonlama hamkorlik uchun alyans: “COVID-19 ga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik va birdamlik kerak” (2020-yil 20-aprel) [fr] [ru]

COVID-19 pandemiyasi bizni ko‘p tomonlama harakat qilishga majbur qilmoqda. Virusning bevosita vayronkor ta’sirini bartaraf etish uchun davlatlar misli ko‘rilmagan tezkor choralarga, shu jumladan chegaralarni yopishga kirishdilar. Biroq, virus chegara bilmaydi. U barcha mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatdi. Bizda mavjud bo‘lgan insoniylik hissi bizni birlashtirishda davom etishi kerak. Ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladigan va jamiyatimizga ta’sir etuvchi global pandemiyaga qarshi kurash butun dunyoda xalqaro hamkorlik va hamjihatlikni kengaytirish va kuchaytirishni talab qiladi.

Pandemiyani qamrab olish va unga qarshi kurashish uchun hamkorlik, oshkoralik va ilmiy bilimlarga asoslangan muvofiqlashtirilgan xalqaro harakat zarur. Biz barcha mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan va kam rivojlangan davlatlar, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimlari kam rivojlangan va mojarolarga duchor bo‘lgan davlatlar uchun jiddiy tahdiddan xavotirdamiz. Bundan tashqari, biz qochqinlar va boshqa joyga ko‘chirilgan odamlar duch keladigan aniq xavfdan xavotir olyapmiz.

Biz bilamizki, pandemiya har bir insonning jismoniy va aqliy salomatligiga eng yuqori darajada jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bilan birga, favqulodda vaziyatda demokratiya va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilish juda muhimdir. Biz barcha hukumatlarni ushbu tahdidga qarshi kurashish uchun ko‘rilayotgan choralari mutanosib va zarurligini, qonuniy maqsadlarga erishishini, huquqiy kamsitilmaslikni, hamda xalqaro qonunlarga, shu jumladan inson huquqlariga rioya qilinishini ta’minlashga chaqiramiz. Gender yondashuvi tamoyillariga rioya qilish juda muhimdir. Kamsitmaslik siyosatiga kelsak, biz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissarining 6-martdagi bayonotini qo‘llab-quvvatlaymiz, unda inqirozga qarshi choralarni qo‘llashda qadr-qimmat va inson huquqlari diqqat markazida turishi kerakligi va bu choralar global va inson huquqlariga asoslangan bo‘lishi kerakligi eslatib o‘tiladi.

COVD-19 ga bog‘liq inqiroz sog‘liqni saqlash, farovonlik va jamoaviy xavfsizligimiz uchun ko‘p tomonlama institutlarning muhimligini isbotladi. Biz sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning inqirozning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini muvofiqlashtirish va izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrishning zudlik bilan butun dunyoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvini qo‘llab-quvvatlaymiz. Qurolli to‘qnashuvlarga chek qo‘yish, harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish hamda butun kuchimiz va zaxiralarimizni sayyoramiz oldida turgan asosiy xavf — koronavirusga qarshi kurashga sarflash vaqti keldi. Tibbiy va gumanitar xodimlarga ularning hayotlarni saqlab qolishdagi muhim roli uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz va o‘z hayotimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni saqlab qolish va qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmamizga olamiz. Fuqarolik jamiyati vakillaridan minnatdormiz, ular qat’iylik bilan eng himoyasiz odamlarni o‘z himoyasiga olmoqda. Biz COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda ko‘rilayotgan choralarni ma’qullaymiz. Biz BMTning COVID-19 pandemiyasida insonparvarlik yordami bo‘yicha global rejasida ishtirok etish orqali hissa qo‘shishga tayyormiz. Biz BMT Bosh kotibining kam va o‘rtacha daromadli davlatlarga qaratilgan COVID-19 ga qarshi kurashish va reabilitatsiya fondini inqirozning ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini yengib o‘tish, tiklanishiga yordam berish va bunga javoban muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalar: Bugungi kunda pandemiyadan kelib chiqadigan eng dolzarb tibbiy, iqtisodiy va siyosiy vazifalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining COVID-19 ning ta’siri bo‘yicha umumiy javobgarlikka va xalqaro hamjihatlikni kuchaytirishga bo‘lgan da’vatini, xususan, JSSTning epidemiyaga qarshi sog‘liqni saqlash tadbirlarini muvofiqlashtirishda JSSTning rolini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz pandemiyaga qarshi kurash uchun, shu jumladan butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun yetarli mablag‘ ajratish ustida ishlamoqdamiz. Dori vositalari va vaksinalar mavjud bo‘lganda ularni universal ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ularning adolatli va teng taqsimlanishi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Biz ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan dori-darmonlar va vaksinalarning universal ta’minotiga e’tiborni qaratishni va COVID-19 ga qarshi emlashni umumjahon jamoatchilik foydasi sifatida tan olishni taklif qilamiz.

Moliya sohasidagi vazifalar: biz pandemiyaning tarqalmasligi va aholini himoya qilish uchun, ayniqsa, himoyaga muhtojlarga alohida e’tibor berish uchun yetarli mablag‘ ajratishga harakat qilamiz. Biz JSSTning strategik tayyorgarligi va unga qarshi kurashish rejasini, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashish uchun zarur vositalarni aniqlaydigan va ishlab chiqadigan tegishli sog‘liqni saqlash tashkilotlari uchun ixtiyoriy ravishda resurslar ajratishga va’da beramiz. Bular Epidemiyaga tayyorgarlik bo‘yicha innovatsion koalitsiya, GAVI alyansi, Vaksinatsiya alyansi, UNITAID va Global fondlaridir. Biz barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, xayriya tashkilotlari va shaxslarni ushbu tadbirga hissa qo‘shishga chorlaymiz. Biz barcha manfaatdor tomonlar bilan barqarorlikni oshirish maqsadida pandemiya natijasida iqtisodiyoti xavf ostida bo‘lgan davlatlarga yordam berish bo‘yicha ish olib borishda davom etamiz.

Noto‘g‘ri ma’lumot tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi vazifalar: noto‘g‘ri ma’lumot odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yadi va sog‘liqni saqlash sohasidagi samarali choralarga to‘sqinlik qiladi. Biz barcha davlatlarni real vaqt rejimida tushunarli, erkin va obyektiv ma’lumotlarni taqdim etishga va tarqatishga, erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalariga kirishni himoya qilishni va kengaytirishni davom ettirishga, ishonchli va aniq ma’lumot almashish erkinligini ta’minlashga da’vat etamiz. Biz JSST va Internet-vositachilarning noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlash, shuningdek ularning tekshirilgan axborot platformalariga ustunlik berish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz jurnalistlardan va ommaviy axborot vositalarida ishlayotgan har bir kishidan jamiyatni ishonchli tarzda xabardor qilishda, aholi sog‘lig‘ini saqlashda va yolg‘on yoki asossiz ma’lumotlarning oldini olishda davom etayotgan ishlari uchun chuqur minnatdormiz. Biz qasddan yo‘ldan ozdirish uchun mo‘ljallangan va yolg‘on yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish, xususan, epidemiya va unga qarshi kurashish vositalari haqida noto‘g‘ri ma’lumot yetkazish zarari haqida xavotirimizni bildiramiz. Biz noto‘g‘ri ma’lumot va tashviqotga qarshi turishimiz kerak. Ishonchli ma’lumotlar hamda erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarida shaffoflikni ta’minlash, noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi turish, jamoatchilikning ishonchini va pandemiyaga qarshi kurashda hukumatlar tomonidan ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarurdir. Biz ba’zi davlatlar inqirozdan foydalanib, asossiz cheklovlarni joriy qilish yoki jamiyatni kasallikning tarqalishi haqida zarur ma’lumotlardan mahrum qilishidan tashvishdamiz. Haqiqiy xabarlarni tarqatish uchun birgalikda ishlashimiz kerak.

Profilaktika sohasidagi vazifalar: kelajakda inqirozning oqibatlariga e’tibor berish kerak. Keyingi pandemiyaga dunyo yaxshiroq tayyor bo‘lishi kerak. Biz butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan, JSST, BMTning boshqa agentliklari va sog‘liqni saqlash sohasida ishlaydigan boshqa xalqaro tashkilotlarga yordam ko‘rsatishga harakat qilamiz. Koronavirus pandemiyasi global sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga turtki bo‘lishi kerak. Yangi pandemiya xavfini kamaytirish uchun biz JSST tomonidan ishlab chiqilgan “Sog‘liqni saqlashning yagona usuli”ni joriy etishga ko‘maklashishimiz kerak. Biz JSSTning pandemiya xavfiga tayyorgarligini va unga javob choralarini kuchaytirish uchun bo‘shliqlarni aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini ma’qullaymiz. Ko‘p tomonlama tizimni “tezkor davolash” uchun moslashtirish va isloh qilish kerak. Biz JSSTni, XVJni, Jahon banki guruhini, sog‘liqni saqlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi barcha tegishli agentliklarni va xalqaro tashkilotlarni sog‘liqni saqlash muammolarini hal qilishda rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berishda, shu jumladan xususiy sektor bilan muvofiqlashtirishni kuchaytirishga chaqiramiz. Biz JSSTning global pandemiyaga tayyorgarligi va unga qarshilik ko‘rsatish tashabbusidagi bo‘shliqlarni aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Iqtisodiyot sohasidagi vazifalar: Inqirozli vaziyatni samarali boshqarish uchun, taklif va yalpi talabning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z vaqtida iqtisodiy tiklanishni ta’minlash uchun tibbiy asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa tovarlar va xizmatlarning tashqi savdosini davom ettirish juda muhimdir. Shu munosabat bilan biz transchegaraviy savdo va global ta’minot zanjiridagi uzilishlarni cheklashga, xususan, favqulodda holatlarning oldini olishga va Jahon savdo tashkilotining a’zosi sifatida o‘z majburiyatimizga muvofiq faqat maqsadli, muvozanatli, shaffof va vaqtincha shoshilinch choralarni ko‘rishga harakat qilamiz.

“Qisqa vaqt ichida davolanish” uchun bizning umumiy yo‘l xaritamiz va uning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlari, shuningdek Parij bitimi 2030-yilgacha kun tartibida bo‘lib qolmoqda. Gana, Indoneziya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Singapur va Shveysariya tashabbusi bilan Bosh assambleyaning 2019-yildagi koronavirus kasalligiga (COVID-19) qarshi kurashda global birdamlik to‘g‘risidagi 74/270 rezolyutsiyasining bir ovozdan qabul qilinishini olqishlaymiz.

COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan misli ko‘rilmagan vaziyatda biz pandemiyani oldini olish va uning tarqalmasligi uchun kuchlarni birlashtirishimiz kerak. Ko‘p tomonlama Alyans ushbu maqsadga erishish uchun BMT, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralarni ma’qullaydi. Biz global sog‘liqni saqlash tizimidagi eng zaif bo‘g‘indan kuchli emasmiz. Kuchli va yaxshiroq himoyalangan dunyo tizimini barpo etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan birgalikdagi harakatlar insoniyat uchun bu tahdidni bartaraf etadi.

Argentina tashqi ishlar vaziri Felipe Sola
Belgiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Filipp Goffen
Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xayko Maas
Dominikan Respublikasi tashqi ishlar vaziri Migel Vargas
Indoneziya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi
Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi
Irlandiya tashqi ishlar vaziri Saymon Koveni
Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Arancha Gonsales Laya
Italiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo
Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan
Kosta-Rika Respublikasi tashqi ishlar vaziri Rodolfo Solano
Meksika Qo‘shma Shtatlari tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Marselo Ebrard Kasaubon
Niderlandiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Stef Blok
Norvegiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Ine Eriksen Soreide
Peru Respublikasi tashqi ishlar vaziri Gustavo Mesa-Kuadra Velazkes
Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan
Finlyandiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto
Fransiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian
Chili tashqi ishlar vaziri Teodoro Ribera Neumann
Shveysariya Konfederatsiyasi tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis
Shvetsiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Ann Linde
Estoniya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu
Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Gedu Andargacheu
Janubiy Afrika Respublikasi tashqi ishlar vaziri Greys Pandor

publie le 12/05/2020

hautdepage