“LOWN” fransuz jaz guruhining Toshkentga tashrifi [fr] [ru]

Fransiya elchixonasining madaniy hamkorlik bo‘limi madaniy dasturi va YuNESKO tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro jaz festivali doirasida hamda “Fransiya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati bilan hamkorlik loyihalari doirasida, “LOWN” fransuz jaz guruhi 30-apreldan 3-maygacha Toshkentga tashrif buyuradi.

Pianinochi Aleksi Bajo-Nercessianning asarlari asosida “LOWN” guruhi – fank, pop va sharq musiqalarining aralash muhitni yaratadigan kvartetdir. Leo Jeanne trubada, Pyer Demanj zarb asboblarida va Hyugo Rivier kontrabasda chalgan musiqalari ba‘zan juda erkin ba‘zan esa bastalangan bo‘ladi.

“LOWN” bir qator konsertlar beradi, jumladan 30-aprel kuni Xalqaro jaz festivali yopilish marosimida, 1-may kuni “Ilhom” teatrida va 2 may kuni Uspenskiy nomidagi musiqa litseyi sahnasida o‘z ijod namunalari bilan jaz muhlislarini xursand qiladi.

Shu bilan birga ularning tashrifi musiqani va fransuz tilini o‘rganayatgonlar uchun ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda, chunki “LOWN” O‘zbekiston milliy universitetida, Uspenskiy nomidagi musiqa litseyida va Toshkent fransuz alyansida bir nechta mahorat darslari va uchrashuvlar o‘tkazadi.

PNG

publie le 23/04/2019

hautdepage