Luvr muzeyi delegatsiyasi tashrifi (2018-yil 19-28-sentabr) [fr] [ru]

Luvr muzeyi ekspertlari delegatsiyasi 19-28-sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad 2021-yil Luvr muzeyida o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan O‘zbekiston arxeologiyasi ko‘rgazmasi uchun eksponatlarni o‘zbek muzeylari ekspertlari va mutasaddilari bilan birgalikda tanlash va ekspertiza qilish edi.

Buxoro fransuz-o‘zbek arxeologik missiyasi direktori va Luvr muzeyi arxeologi Rokko Rante hamda besh nafar tajribali restavratorlardan iborat delegatsiyaga Luvr muzeyi islom san’ati bo‘limi boshlig‘i Yannik Lintz boshchilik qildi.

Ko‘rgazmaga tayyorgarlik jarayonida fransiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislar ko‘rgazmaga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan va hozirgi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlatlarning qadimiy va O‘rta asrlar madaniyatini to‘liq aks ettiruvchi eksponatlarni o‘rganish va ularning ta’mirga muhtojlarini aniqlash bo‘yicha juda katta ishni amalga oshirishdi.

publie le 09/10/2018

hautdepage