MAFANAC fransuz-o‘zbek arxeologik missiyasining 10 yilligi

Markaziy Osiyoda neolitga o‘tish davrini o‘rganish bo‘yicha Oyoqog‘itma fransuz-o‘zbek arxeologik missiyasi (MAFANAC) 2005-yil Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan tashkil etilgan va unga Frederik Brune (Fransiya ilmiy tadqiqotlar milliy markazi CNRS-UMR 7041 bo‘limi ilmiy xodimi) va Muhiddin Xo‘janazarov (Arxeologiya instituti) rahbarlik qilib kelishmoqda. 2015-yil 28-iyul kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yahyo G‘ulomov nomidagi Arxeologiya institutida mazkur missiyaning 10 yillik bayrami nishonlandi. Bayramda missiya direktorlari va uning uchta a’zosi: Gurgen Davtian (CNRS-UMR 7264), Hikmatilla Hoshimov (Arxeologiya instituti) va Laetitia Munduteguy (professional rassom) hamda Arxeologiya instituti direktori Amriddin Berdimurodov, Arxeologiya instituti ilmiy xodimlari, UNESCOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Pilho Park, Afrosiyob muzeyi direktori Samariddin Mustafoqulov, Samarqand Davlat universiteti arxeologiya o‘qituvchilari Nonna Avanesova va Normuhammad Xolmatovlar ishtirok etishdi.

Bundan buyon Markaziy Osiyo fransuz-o‘zbek arxeologik missiyasi (MAFAC) deb nomlanuvchi missiya a’zolari qilgan ma’ruzalarda Qizilqumda Kaltaminor madaniyatini (miloddan avvalgi VII-IV ming yilliklar) o‘rganishdagi qazishmalar natijalari yoritib berildi, Markaziy Osiyodagi yangi tosh asriga oid mazkur madaniyatning tarixiyligi, o‘ziga xosligi, tutgan mavqeyi, shuningdek, ushbu madaniyatni o‘rganishda missiya tomonidan tatbiq etilgan turli sohalarni o‘zida qamrab olgan yangi tadqiqotlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi, ma’ruzalar yuzasidan ilmiy munozaralar bo‘ldi. Bayram munosabati bilan to‘kin-sochin dasturxon yozildi.

Mme Frédérique Brunet, Chargée de recherche au CNRS-UMR 7041

publie le 05/09/2016

hautdepage