«MEDEF International» delegatsiyaning Toshkentga tashrif yakunlari [fr] [ru]

Joriy yil 31-maydan 2-iyungacha fransuz korxonalarining 30 nafar vakilidan iborat «MEDEF International» delegatsiyasining Toshkentga tashrifi amaliy va samarali natijalar bilan yakunlandi.

Parij, 2017-yil 2-iyun

O‘zbekiston poytaxtiga 6-chi marotaba tashrif buyurgan delegasiyaga «Identité» korxonasi bosh direktori va «Oberthur Technologies» ijroiya qo‘mitasi a’zosi, MEDEF International qoshidagi «Fransiya-O‘zbekiston» korxonalar boshliqlari kengashining raisi janob Kristof Fonten boshchilik qildi. Delegatsiya qishloq xo‘jaligi, bank, mudofaa, transport, yuqori texnologiyalar, qurilish, muhandislik, atrof-muhit muhofazasi, energetika, kommunal xizmatlari, sanoat, konsalting kabi 12 tarmoqni qamrab oldi.

Fransuz korxonalar rahbarlari 2015-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan oxirgi «MEDEF International» delegatsiyaning Toshkentga tashrifi, hamda 2016-yil iyul o‘yida fransuz-o‘zbek qo‘shma iqtisodiy komissiyasidan so‘ng mamlakatda bo‘lgan o‘zgarishlar va davom etayotgan rivojlanish ishlari bilan tanishib olishdi va ularga yuqori baho berishdi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mita raisi A.Ahmadxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rahbari S.Xolmurodov, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi ijroiya direktor o‘rinbosari Sh.Vafoyev, hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari N.Dadaxanova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida O‘zbekiston bilan hamkorlik ehtiyojlari va yangi imkoniyatlari, bank jabhasidagi o‘zgarishlar, jumladan yaqinda hukumat tomonidan qabul qilingan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekistondagi ishtirokini osonlashtirish choralari bo‘yicha samarali fikr almashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan tematik uchrashuvlar mamlakatning iqtisodiy ehtiyojlari bilan batafsil tanishish, hamda fransuz korxonalarning tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkonini berdi.
Delegatsiya Tashqi savdo vaziri E.Ganiyev va Iqtisodiyot vazirining sanoatni tarkibiy o‘zgartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Asamov bilan uchrashuvlar bo‘ldi. Bu uchrashuvlar fransuz sarmoyadorlarning O‘zbekistonda ish olib borishga intilishini yanada kuchaytirdi.

Imzolangan shartnomalar, jumladan, MEDEF International va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha bitim hamda qishloq xo‘jaligida suv iste’molini muhim darajada kamaytiradigan texnologiyalar yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganining yaqqol isbotidir.

publie le 04/10/2017

hautdepage