«MEDEF International» delegatsiyaning tashrifi [fr] [ru]

2017-yil 31-maydan 2-iyungacha fransuz korxonalarining 27 nafar vakilidan iborat «MEDEF International» delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyuradi.

Delegasiyaga «Identité» korxonasi bosh direktori va «Oberthur Technologies» ijroiya qo‘mitasi a’zosi, MEDEF International qoshidagi «Fransiya-O‘zbekiston» korxonalar boshliqlari kengashining raisi janob Kristof Fonten boshchilik qilmoqda.

Shuni aytib o‘tish joyizki, «MEDEF International» delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxtiga oltinchi marotaba tashrif buyurmoqda. 1992-yildan boshlab O‘zbekiston bilan faol ish olib borayotgan «MEDEF International» xuddi shunday missiyani 2015-yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazdi, shuningdek, 2016-yil iyul oyida fransuz-o‘zbek qo‘shma iqtisodiy komissiyasida ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi, bank, mudofaa, transport, yuqori texnologiyalar, qurilish, muhandislik, atrof-muhit muhofazasi, energetika, kommunal xizmatlari, sanoat, konsalting kabi 12 tarmoqni qamrab olgan mazkur delegatsiya tashrifidan ko‘zda tutilayotgan asosiy maqsad – bu, bir tarafdan, O‘zbekistonning yangi hukumati o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalari hamda xorijiy sarmoyadorlardan nimalar kutayotganligi bilan tanishib o‘lish, boshqa tarafdan esa, fransuz xususiy sektori mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ko‘maklashish yo‘lida o‘zbekistonlik hamkorlari bilan birgalikda faoliyat yuritishga tayyorligini amalda tasdiqlashdir.

JPEG

publie le 20/06/2017

hautdepage