MEDEF International delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi (14 – 16-may 2019-yil) [fr] [ru]

MEDEF International’ning 12 ta fransuz kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyasi 2019-yilning 14 – 16-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Roxalex kompaniyasi bosh direktori va MEDEF International huzuridagi Fransiya-O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi raisi Kristof Fonten boshchiligidagi delegatsiya o‘zining 7-tashrifini amalga oshirdi, bundan avvalgi tashrif 2017-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan edi.

12 ta soha, xususan, qurilish, aeronavtika, bank, irrigatsiya, mehmonxona ishi, infratuzilma, raqamli va qo‘riqlash xizmatlari, muhandislik, transport, kommunal xizmatlar, konsalting, energetika sohalari vakillaridan iborat delegatsiyaning maqsadi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi orqali yaratilgan yangi imkoniyatlarni baholashdan iborat edi. Shuningdek, tashrif fransuz kompaniyalariga o‘zbek hamkorlar bilan birga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirishga imkon berdi.

Biznes forum va jamoaviy uchrashuvlar doirasida delegatsiya O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali vakillari, o‘zbek kompaniyalari, O‘zbekistonda faol bo‘lgan moliyaviy donorlar, xususan, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi.

publie le 30/08/2019

hautdepage