"MEDEF International" delegatsiyasining Toshkentga tashrifi

Toshkent shahri, 2015-yil 12-iyun

“MEDEF International” Fransiya korxonalari uyushmasi bosh direktorining v.b. Filipp Gotye boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 10-12-iyun kunlari Toshkentga tashrif buyurdi. Uning tarkibiga turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi yigirmaga yaqin korxona vakillari kirdi.

Ushbu tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalаr va savdo vaziri Elyor Ganiyevning 2014-yil mart oyida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalаr va savdo vazirining o‘rinbosari Shavkat To‘laganovning 2014-yil noyabr oyida Fransiyaga tashriflarining davomi bo‘ldi. Ular O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiy shart-sharoitlar hamda iqtisodiy istiqbollarga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda “MEDEF International” uyushmasining «Fransiya – O‘zbekiston» korxona rahbarlari kengashi tomonidan qabul qilingan edi.

Mazkur uch kunlik tashrif davomida aviasozlik, bank-moliya, mudofaa va xavfsizlik, energetika, ekologiya, infratuzilmalar, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiyalar va transport sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi Fransiya kompaniyalari vakillari, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalаr va savdo vaziri Elyor Ganiyev tomonidan qabul qilindi.

11-iyun kuni Fransiya delegatsiyasi Fransiya va O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalаr va savdo vazirligi tomonidan tashkil qilinib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda ko‘plab davlat qo‘mitalari, idoralari va yirik milliy kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Biznes-forum yakunida “MEDEF International” uyushmasi va “UzInfoInvest” agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

publie le 17/07/2015

hautdepage