Maksim Vardanyan ko‘rgazmasining ochilishi [fr] [ru]

Fransuz-o‘zbek rassomi Maksim Vardanyan shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi 7-aprel kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tdi. Marosimda Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari ishtirok etdi.

Ulkan gullar tasvirlangan yirik rangtasvir asarlar Monening nilufarlar turkumini esga soladi. O‘zbek an’anaviy matolari naqshlariga monand boshqa asarlar tomoshabin tasavvurida to‘quvchilik dastgohidan chiqib kelayotgan matolarni jonlantiradi.

Fransiya elchisi o‘z nutqida Fransiya bilan o‘zmi-ko‘pmi aloqador bo‘lgan rassomlar ko‘rgazmalarini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratayotgan O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Inna Sandler, mart oyida Daima Vardanyan o‘z shaxsiy ko‘rgazlalarini ushbu galereyada o‘tkazishgan edi, bugun esa Maksim Vardanyan.

publie le 18/04/2016

hautdepage