Matias Feklning O‘zbekistonga tashrifi [fr] [fr]

Tashqi savdo, turizmni targ‘ib qilish va xorijdagi fransuzlar ishlari bo‘yicha davlat kotibi Matias Fekl Savdo va iqtisodiyot bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Toshkentda o‘tkazilayotgan 6-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 20-21-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Matias Fekl Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan birgalikda komissiyaga raislik qiladi. Tomonlar Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosababatlar hamda moliyaviy hamkorlikni muhokama qilishadi. Qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, sanoat va turizm sohalarida hamkorlik istiqbollari borasida ham to‘xtalib o‘tiladi. Komissiya yakunida texnik hamkorlik haqidagi bitimlar, fransuz korxonalari loyihalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari kabi bir qator hujjatlar imzolanishlishi ham ko‘zda tutilgan. Tushdan keyin Biznes forumi o‘tkazilishi hamda ishbilarmonlar delegatsiyasi vakillari bilan «B2B» formatidagi uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Safar mobaynida Matias Fekl Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida qabulda bo‘ladi, shuningdek, 21-iyul kuni Samarqand shahriga tashrif buyuradi. U yerda davlat kotibi viloyat va shahar hokimlari bilan uchrashadi hamda Samarqand shahrida qattiq chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha Fransiya taraqqiyot agentiligining O‘zbekistondagi ilk loyihasi taqdimotida ishtirok etadi.

publie le 22/07/2016

hautdepage