Matias Feklning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari [fr] [ru]

Tashqi savdo, turizmni targ‘ib qilish va xorijdagi fransuzlar ishlari bo‘yicha davlat kotibi Matias Fekl boshchiligidagi yigirmaga yaqin fransuz korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya 20-21-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Matias Fekl O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan birgalikda savdo va iqtisodiyot bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Toshkentda o‘tkazilayotgan 6-yig‘ilishiga raislik qildi. M. Fekl mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarini hamda fransuz korxonalarining O‘zbekistondagi loyihalarini muhokama qilish uchun Bosh vazir birinchi o‘rinbosari va Moliya vaziri Rustam Azimov bilan, shuningdek, Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova bilan uchrashdi.

Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishiga havo kemalari qatnovi to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi. Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) faoliyati to‘g‘risidagi bitim muzokaralari esa davom etmoqda.

Rasmiy uchrashuvlar bilan bir paytda ikki mamlakat ishbilarmonlari biznes forumi hamda “B2B” formatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, qurilish, sog‘likni saqlash, axborot texnologiyalari kabi sohalarda ish olib boruvchi fransuz va o‘zbek ishbilarmonlari o‘zaro aloqa o‘rnatishga hamda samarali muzokaralar o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

20-iyul kuni Fransiya elchixonasida tashkil etilgan qabul marosimida janob Fekl O‘zbekistondagi fransuzlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Davlat kotibi tashrif doirasida o‘nlagan fransuz ishbilarmonlari bilan Samaraqand shahriga safar qildi. U yerda shahar va viloyat hokimlari bilan uchrashib, respublikaning ikkinchi iqtisodiy markazida hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida suhbatlashdi.

publie le 04/09/2016

hautdepage