Mehnat faxriy medali bilan taqdirlash marosimi

Fransiya elchisi Jak-Anri O‘ls 6-fevral kuni o‘z qarorgohida o‘tkazilgan marosim paytida elchixonaning uchta sobiq xodimini Mehnat faxriy medalining kumush darajasi bilan taqdirladi.

Taqdirlanganlar Alevtina Gubanova, Anvar Inamov va Larisa Chugunovalar bo‘lib, ular Toshkentdagi Fransiya elchixonasida 20 yildan ortiq mehnat qilishgandan keyin o‘tgan yili kuzda nafaqaga chiqishdi. Elchi janoblari ularga sadoqati, fidokorligi, jonbozligi uchun o‘z minnatdorchiligini hamda ezgu tilaklarini bildirdi.

Mehnat faxriy medali bilan xodimlar ko‘p yillik xizmat faoliyati uchun yoki o‘z xizmat faoliyatidagi tashabbuskorlik xususiyatlari, shuningdek, eng yaxshi natijalarga erishish yo‘lidagi xizmatlari evaziga taqdirlanadi.

publie le 26/02/2015

hautdepage