Memorchilik sohasida akademik hamkorlik: Toshkent fransuz alyansida ko‘rgazma ochilishi [fr] [ru]

Toshkent arxitektura va qurilish instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Fransiya o‘zbek talabalari nigohida» deb nomlangan ko‘rgazma ochilishi Toshkent fransuz alyansida 17-may kuni bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmani Toshkent arxitektura va qurilish instituti rektori Ravshan Hakimov, elchixona ta’lim hamkorligi attashesi Sofi Jindt, Toshkent fransuz alyansi direktori Dilshod Ahmedovlar ochib berishdi.

Ko‘rgazma aprel oyida Toshkent arxitektura va qurilish institutida namoyish qilingan bo‘lib, ushbu institut talabalari tomonidan yaratilgan asarlardan iborat. Ko‘rgazma mavzusi nafaqat Parij shahri memoriy yodgorliklari, balki Parij hayoti va muhitini ham qamrab oladi. Ko‘rgazmada namoyishga qo‘yilgan ajoyib rasmlar Toshkent arxitektura va qurilish instituti va Versal arxitektura oliy maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yaratilgan.

Ko‘rgazma 2018-yil 31-maygacha davom etadi.

Manzil: Toshkent fransuz alyansi, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112-uy.

Vernissage de l'exposition à l'AFT
Vernissage de l'exposition à l'AFT
Vernissage de l'exposition à l'AFT

publie le 23/05/2018

hautdepage