Milliy bayram munosabati bilan Fransiya qarorgohida o’tkazilgan qabul [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Toshkentdagi Fransiya qarorgohida 500 ga yaqin mehmon ishtirokida Fransiyaning milliy bayramini nishonladi.

O’zbekistonlik hamda xorijlik yuqori martabali shaxslar o’z tashriflari va samimiy tilaklari bilan elchixonaga hurmat ko’rsatdi, shu jumladan, Bosh vazir o’rinbosari va moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov, Inson huquqlari bo’ycha milliy markaz direktori hamda Qonunchilik palatasidagi « O’zbekiston – Fransiya » do’stlik guruhi raisi Akmal Saidov, Senator va Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo’mitasi raisi Alisher Kurmanov, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov.

Fransiya elchisi Violen de Vilmor o’z nutqida O’zbekistonda iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida so’nggi bir yilda muhim islohotlar amalga oshirilgani va ularning davomiy ekanligini olqishladi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakat imiji, kompaniyalar va investorlarni, shuningdek, olimlarni va siyosatchilarni jalb qilish hamda ularning kelgusi maqsadlarini aniqlashtirib olish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Elchi barcha sohalardagi fransuz-o’zbek munosabatlarining sifatiga urg’u berdi : siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, ta’lim, madaniyat va sport. U O’zbekistonning ko’p tomonlama muloqot tarafdori ekanligini olqishladi. Iqlim o’zgarishi, terrorizmga va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash, axborot texnologiyalarini boshqarish kabi xalqaro muammolar umumiy boshqaruv tizimini talab qiladi. Parij tinchlik forumi joriy yilning 11 – 13-noyabr kunlari xalqaro muammolar yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqish bo’yicha takliflarni muhokama qilish uchun ikkinchi marta tashkil qilinadi.

Ochilish marosimidan so’ng fransuzcha bayramona qism bo’lib o’tdi, xususan, fransuz brendlarining modalar namoyishi, Edit Piaf qo’shiqlarining Shahzoda Valiyeva tomonidan ijro etilishi va Hansley Poinen guruhining konserti. Bayram ko’plab fransuz va o’zbek homiylarning saxiy ko’magi bilan tashkil qilindi.

Suratlar to’plamini bizning Facebook sahifamiz va Telegram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

publie le 27/09/2019

hautdepage