Milliy meros instituti xodimi Patrisia Vergezning O‘zbekistonga tashrifi [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Milliy meros instituti rangtasvir bo‘limi boshlig‘i Patrisia Vergez 16-17-may kunlari Samarqand shahrida UNESCOning mamlakamitizdagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Muzeylarda ta’lim: XXI asrda yangi global va milliy strategiyalar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, muzeylarda rangtasvir asarlarning jamoatchilik oldida ta’miri yuzasidan ma’ruza qildi.

Madaniyat va aloqa vazirligiga qarashli oliy ta’lim muassasasi hisoblanmish Milliy meros instituti muzey xodimlarini, shuningdek davlat kolleksiyalaridagi san’at asarlarini ta’mirlovchi mutaxassislarni tayyorlaydi.

publie le 20/05/2016

hautdepage