Milliy va xalqaro arbitraj mavzusida seminar (Toshkent, 9-10-noyabr) [fr] [ru]

9-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida Fransiya elchixonasi tomonidan Adliya vazirligi, Toshkent Davlat yuridik universiteti va Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan milliy va xalqaro arbitraj mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad arbitraj sohasida ish olib boruvchi mutaxassislarni yig‘ib, ularga O‘zbekistonda bugungi kunda yuridik tizimda amalga oshirib kelinayotgan ishlar hamda dunyo tajribasi borasida fikr almashish imkonini berishdir. Mazkur seminarda fransiyalik ikki nafar mutaxassis: Parij advoklatlar kollegiyasi a’zosi, bir qator arbitraj sudlari sudyasi Irina Sidorova hamda Parij advoklatlar kollegiyasi a’zosi, xalqaro arbitraj bo‘yicha mutaxassis Julyen Fure ishtirok etishdi. Fransiyalik mutaxassislar Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oliy sud, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent Davlat yuridik universiteti vakillari hamda advokatlar bilan arbitraj sohasidagi turli masalalar, xususan, O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitraji ochilishi, uning asoslari va afzallik tomonlari, chiqarilgan hukmlarning tan olinishi kabi masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

O‘zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida xalqaro arbitraj mavjudligi iqtisodiy tortishuvlarning yechimida katta ahamiyat kasb etadi. Binobarin, Irina Sidorova va Julyen Furelar «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

10-noyabr kuni fransiyalik mutaxassislar Toshkent Davlat yuridik universiteti talabalari bilan uchrashib, ularga arbitraj jarayonida davlat sudyasi mavqeyi, xususan, Fransiya tajribasi misolida, hamda davlatlar, davlat tuzilmalari jalb qilingan arbitraj jarayonlariga taalluqli masalalar yuzasidan ma’ruza qilishdi.

publie le 22/12/2017

hautdepage