Mobil qurilmalar uchun «Immersion France» dasturi

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi o‘z operatori Kampus Frans agentligi bilan birgalikda xorijlik sayyohlar va talabalar e’tiboriga Fransiyaga til o‘rganish uchun sayohat qilishni targ‘ib etuvchi «Immersion France» dasturini yaratishdi.

Sayyohlarga fransuz tilini o‘rganish imkoniyatini yaratish viloyatlar uchun sayyohlarni jalb etish vositasi

Har yili 130 000 dan ortiq xorijliklar Fransiyaga fransuz tilini o‘rganish uchun tashrif buyurishadi. Bugungi kunga kelib til o‘rganish niyatida Fransiyaga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda. Natijada viloyatlarda bir necha minglab yangi ish o‘rinlari ochildi va bu soha 115 million yevrodan ortiq daromad keltirmoqda.

PNG

Ma’lumki, Fransiya sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga bizda til o‘rganuvchilarni o‘z sayohatlarini davom ettirishga undovchi yoki xorijliklarni Fransiyaga sayohatlari paytida til o‘rganishga rag‘batlantiruvchi bir qator vositalar mavjud.

Biroq til o‘rganish sayyohligi bo‘yicha Britaniya ko‘rsatkichlariga yetishish uchun Fransiyaga hali ancha bor. Fransiyada bu borada xilma-xil sharoitlar yaratilgan, kichik xususiy til markazlaridan tortib katta oliy ta’lim muassasalarigacha barcha toifadagi shaxslar uchun (o‘quvchilar, turli kasb egalari, turli yoshdagi, oilaviy) turli til o‘rganish kurslari tavsiya etiladi. Bugungi kunda xorijlik sayyohlar kutib olish va turli xizmatlar ko‘rsatish borasida tobora talabchan bo‘lib borishmoqda. Demak ularga ushbu xizmatlar borasida ma’lumotlarni internet tarmog‘i orqali aniq-ravshan qilib yetkazib bera olish zarur.

«Immersion France»: til o‘rganish sayyohligini targ‘ib qiluvchi dastur

Shu munosabat bilan, o‘tgan yil iyun oyida Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan til o‘rganish sayyohligiga bag‘ishlangan birinchi anjuman doirasida mutaxassislar bilan fikrlashib olgan holda vazirlik o‘z operatori Kampus Frans bilan mobil qurilmalar uchun «Immersion France» dasturini ishlab chiqdi. Bu borada "Atout France" agentligi hamda TV5 Monde telekanali bilan hamkorlik qilindi. Mazkur ilova sayyohlar uchun Fransiyadagi 300 dan ortiq til o‘rganish kurslari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi. Mazkur kurslarda til o‘rganish bilan birga mamlakatning turli viloyatlariga sayohatlar qilish, «fransuzcha» hayot tarzini kashf etish imkonini beradi.

Qo‘l telefonlari va planshetlar uchun mo‘ljallangan fransuz va ingliz tillaridagi mazkur ilova bepul bo‘lib, hozircha uni faqat Apple markasidagi qurilmalarga o‘rnatish mumkin. Tez orada Android tizimidagi qurilmalarga mo‘ljallangan shakli ham chiqariladi. «Immersion France» dasturi yordamida til o‘rganish kurslari darajalarini, ularning qancha muddat davom etishini, qayerda istiqomat qilishingizni hamda sizni qiziqtirgan madaniy va professional tadbirlarni tanlashingiz mumkin.

publie le 28/01/2016

hautdepage